Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda 65,3 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Ular asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish — 13,2 mingta (20,2 %);

boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish — 9,2 mingta (14 %);

kiyim ishlab chiqarish — 6,7 mingta (10,3 %);

tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish — 5,4 mingta (8,2 %);

mebel ishlab chiqarish — 4,5 mingta (6,9 %);

to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — 4 mingta (6,1 %);

rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish — 3 mingta (4,6 %).

photo_2026-07-31_15-16-48_p26926