Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.

1991-yilda mamlakatimizda 270,3 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 267,1 mingtani tashkil etgan. 1991–2025-yillar davomida eng yuqori ko‘rsatkich 2018-yilda qayd etilgan — 311,4 mingta.

O‘zbekistonda qayd etilgan nikohlar soni yillar kesimida quyidagicha:

1991-yil — 270,3 mingta;

1995-yil — 170,8 mingta;

2000-yil — 168,9 mingta;

2005-yil — 184,0 mingta;

2010-yil — 292,3 mingta;

2015-yil — 287,6 mingta;

2018-yil — 311,4 mingta;

2020-yil — 296,8 mingta;

2021-yil — 305,2 mingta;

2022-yil — 296,7 mingta;

2023-yil — 283,8 mingta;

2024-yil — 271,8 mingta;

2025-yil — 267,1 mingta.

2bbc0584ddedd6e524f6b0374a54bbbc_p76075