Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 65,4 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi.
Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,9 mlrd AQŞ dollariga yoki 6,3 foizga oşgan.
Taşqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport — 25,8 mlrd AQŞ dollari (–5,5 foiz);
Import — 39,6 mlrd AQŞ dollari (+15,7 foiz).
Natijada taşqi savdo aylanmasida 13,7 mlrd AQŞ dollari miqdorida manfiy saldo qayd etilgan.
Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 13,3 mlrd AQŞ dollarini taşkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 31,6 foizga ösgan.
Mazkur davrda Özbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirdi.
Taşqi savdo aylanmasida eng yuqori uluş Xitoy (23,2 foiz), Rossiya Federatsiyasi (16 foiz), Qozoğiston (6,5 foiz), Turkiya (3,4 foiz) va Afğoniston (2,4 foiz) hissasiga töğri keldi.


