2026-yil 27–29-oktyabr kunlari Italiyaning Salerno universiteti professori Roberta Dell’Annoning Milliy statistika qömitasiga taşrifi doirasida kreativ iqtisodiyot statistikasi böyiça öquv kursi ötkazilmoqda.


Maşğulotlarda kreativ iqtisodiyotning iqtisodiy taraqqiyot, bandlik, savdo, raqamlaştiriş va davlat siyosatidagi ahamiyati, uni statistik baholaşdagi asosiy yondaşuvlar, mavjud ma’lumot manbalari hamda milliy tasniflarni xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş masalalari muhokama qilinmoqda.


Iştirokçilar YUNESKOning 2025 yilgi Madaniyat statistikasi doiraviy tizimi, madaniy va kreativ ekotizim, sohalar hamda qiymat yaratiş modellari bilan tanişmoqda. Şuningdek, xalqaro tasniflarni statistika amaliyotiga tatbiq etiş, Yevrostat va AKT körsatkiçlari asosida bandlik, korxonalar, savdo, xarajatlar, ta’lim, raqamli foydalaniş va hududiy körsatkiçlarni şakllantiriş yönalişlari körib çiqilmoqda.

Amaliy maşğulotlarda Özbekiston misolida kreativ iqtisodiyotga oid faoliyat turlarini aniqlaş, madaniy sohalarni bandlik hisoblari bilan boğlaş va statistik körsatkiçlarga aylantiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Öquv kursi mutaxassislar salohiyatini oşiriş, xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etiş hamda sohadagi statistik kuzatuvlarni takomillaştirişga xizmat qiladi.

