Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda barça moliyalaştiriş manbalari hisobidan 584,2 trln sömlik asosiy kapitalga investitsiyalar özlaştirilgan.

Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 20,1 foizga oşgan.

Moliyalaştiriş manbalari böyiça investitsiyalar hajmi:

— xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar — 371 728,8 mlrd söm;

— aholi mablağlari — 71 590,7 mlrd söm;

— korxona mablağlari — 67 819,6 mlrd söm;

— Özbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 36 275,1 mlrd söm;

— respublika byudjeti — 25 383,0 mlrd söm;

— tijorat banklari kreditlari va boşqa qarz mablağlari — 7 419,1 mlrd söm;

— Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari — 3 937,9 mlrd söm.

photo_2026-10-30_09-45-50_p49533