Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yil yanvar–oktyabr oylarida jami 257 904 nafar Özbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 ming nafarga yoki 1,4 foizga oşgan.
Ularning safar maqsadlari böyiça taqsimlanişi quyidagiça:
sayohat — 212 774 nafar;
qarindoşlarni yöqlaş — 38 293 nafar;
davolaniş — 3 162 nafar;
öqiş — 1 966 nafar;
xizmat yuzasidan — 1 709 nafar.


