Joriy yilning 19- dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida aholini ro’yxatga olishni o’tkazish tadbiriga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tadbir o‘tkazildi.

RQ1

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq va hududiy statistika boʻlim boshliqlari hamda masʼul xodimlari qatnashdi.

RQ1

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi o'rinbosari M. Ziyadullayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirilari toʻgʻrisida”gi 710-sonli qarorining ijrosi boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

RQ1

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi 625-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2020–2021- yillarda O'zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvini o'tkazish uchun tanlangan mahallalarning kartalarini belgilangan tartibda, tegishli idoralar bilan hamkorlikda tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

RQ1

Tadbir soʻnggida hududlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ishonchli statistik hisobotlar yuritishni taʼminlash, maʼlumotlarni chuqur va tizimli tahlil qilish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Hududning rivojlanishini yanada toʻliq aks ettiruvchi kompleks statistik va tahliliy axborotlarni internet tarmogʻi hamda OAV orqali keng yoritish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Axborot xizmati