2020- yilning 18- dekabr kuni Toshkent viloyati va Toshkent shahar statistika boshqarmalarida Axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminarlar о‘tkazildi.

TashAX

Mazkur seminarda Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich so`zga chiqib, axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, OAV bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, statistik  ma’lumotlarni jamoatchilikka  yetkazish usullari va ijtimoiy tarmoqlarga yangiliklar joylashtirish yuzasidan  amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan takliflar berdi.

TashAX

Shuningdek, boshqarma tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni OAVda yoritilishi, shahar va tuman statistika bo’limlarining bu bo’yicha faolligini oshirish hamda matbuotda yoritilayotgan ma'lumotlarning monitoring qilib borilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

TashAX

Tayyorlanayotgan statistik tahliliy ma'lumotlar, oylik va choraklik press-relizlarni imloviy xatoliklarsiz tayyorlash, ularda qo‘yiladigan fotosuratlarning sifatiga alohida e'tibor qaratish va eng muhimi o‘z muddatida e'lon qilish yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi.

Seminar yakunida boshqarma xodimlari tomonidan berilgan savollarga Axborot xizmati rahbari atroflicha javob berdi. 

Axborot xizmati