2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

ijrointizomiichi24122020

Mazkur grafik asosida joriy yilning iyun-iyul oylarida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

2020- yilning 24- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalarning xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.ijrointizomiichi24122020

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari  hamda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda ijro intizomini mustahkamlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 11- apreldagi PQ-2881-son qarori hamda 2017- yil 11- sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari bilan fikr almashildi.ijrointizomiichi24122020

Davlat statistika qo‘mitasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Berdibayev hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.ijrointizomiichi24122020

ijrointizomiichi24122020

Tadbirda qo‘mita va hududiy boshqarma xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati