Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 40,7 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 mingtaga oshdi.

qurilish2512202

Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari:

Bino va inshootlar qurish – 23 620 ta;

Fuqarolik obyektlarini qurish – 3 796 ta;

Ixtisoslashtirilgan qurilish – 13 244 ta.

Faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:

Toshkent shahri – 7 804 ta;

Toshkent viloyati – 3 540 ta;

Qashqadaryo viloyati – 3 285 ta;

Farg‘ona viloyati – 3 211 ta.

Axborot xizmati