Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “1- yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7- bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, 2021- yil 1- yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash indekslari  ishlab chiqildi. Ushbu indekslar nizom talablariga asosan tayyorlandi va korxona va tashkilotlarga asosiy fondlarni navbatdagi qayta baholashda qo‘llash uchun mumkin bo‘lgan usullardan biri sifatida ma'lum qilinadi.

Mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan indeks usulini qo‘llash chog‘ida navbatdagi qayta baholashni o‘tkazish davrida, so‘nggi qayta baholashdan keyin o‘tgan yillar uchun ommaviy axborot vositalarida har yili e'lon qilinadigan, asosiy fondlar qiymatini o‘zgartirish indekslari hisobga olinadi.