Joriy yilning 28- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan ko‘rinishdagi rasmiy saytining onlayn taqdimoti o‘tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida tashkil etilgan taqdimotda Osiyo taraqqiyoti banki vakillari onlayn ravishda ishtirok etdi.

web-Saytichi28122020

Tadbirda Zohidjon Ziyayev Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan statistik va tahliliy ma'lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini ta'minlashda qo‘mita rasmiy veb-sayti muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. U bugungi kunda stat.uz veb-saytiga kuniga 4 000 dan ortiq tashriflar amalga oshayotgani va bu ko‘rsatkich tobora ko‘payib borayotganini qayd etdi.

web-Saytichi28122020

Aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4796-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyoti banki hamkorlikda jahon standartlari talablariga javob beruvchi, yangi dizaynga ega bo‘lgan Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti ishlab chiqildi.

web-Saytichi28122020

Qo‘mita rasmiy veb-saytining yangi ko‘rinishida:

  • respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bo‘yicha 10 turdagi muhim ko‘rsatkichlarni onlayn yangilab borish va namoyish etish, statistik va tahliliy ma'lumotlarni izlash vaqtini tejash imkoniyati yaratildi;
  • statistik ma'lumotlar va yangiliklarni kuzatib borish uchun qulay interfeys ishlab chiqildi hamda mobil qurilmalar yordamida foydalanish imkoniyati yaratildi;
  • statistik ma'lumotlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida hamda elektron shaklda 6 xil formatda (PDF, WORD, XLSX, CSV, JSON, XML) yuklab olish yo‘lga qo‘yildi;
  • 279 tadan ortiq statistik ma'lumotlar to‘plamlari, 480 tadan ortiq tahlil va press-relizlar joylashtirildi va ularni doimiy yangilab borish joriy etildi;
  • statistik ma'lumotlarni zamonaviy vizuallashgan shaklda foydalanuvchilarga taqdim etish, jumladan interaktiv xarita orqali hududlarning statistik ma'lumotlarini diagramma va xaritada ko‘rish, shuningdek, 4 xil formatda yuklab olish imkoniyati mavjud.

 

web-Saytichi28122020

web-Saytichi28122020

Ushbu taqdim etilayotgan veb-sayt ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Axborot xizmati