O‘zbekiston Respublikasida 1- dekabr holatiga 997 ta faoliyat yuritayotgan metallurgiya sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2020- yilning yanvar–noyabr oylarida 70,9 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2019- yil yanvar–noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,3 % ni tashkil etdi.
Xususan:
- Mis sim ishlab chiqarish 101,2%;
- Alyuminiy sim ishlab chiqarish 180,8%.
Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 56,4% (30 ta metallurgiya korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 35,6% (132 ta) hamda Toshkent shahri 6,0% (283 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 1 114,4 mln. dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, respublika umumiy eksport hajmining 7,8 % ini tashkil etdi.
Axborot xizmati



