STATISTIKA SOHASINING ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALARI

----

 

Mazkur to‘plam Davlat statistika qo‘mitasining statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilarning keng ommasi hamda statistika organlari xodimlari uchun mo‘ljallangan rasmiy nashri hisoblanadi.

Ushbu nashr statistik kuzatuvlarni otkazishda hamda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar to‘g‘risida axborotlarni shakllantirish va e’lon qilishda qo‘llaniladigan tushunchalarning tizimlashtirilgan ro‘yxatini o‘z ichiga olgan.

To‘plamda iqtisodiy, ijtimoiy va demografik o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun dolzarb bo‘lgan milliy hisoblar tizimi, moliya va narxlar, tovarlar va xizmatlar bozori, bandlik, demografiya va ijtimoiy soha, aholi turmush darajasi, shuningdek sanoat, investitsiyalar va qurilish, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi kabi iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha statistik tushunchalar taqdim etilgan.

 

Toʻplamga o‘tish (https://lib.stat.uz/uz/features/glossariy)