MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN STATISTIKA
Mazkur statistik to‘plam Davlat statistika qo‘mitasining umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan birinchi rasmiy nashri hisoblanadi.
Ushbu statistik nashrning maqsadi — raqamlar tilida yosh foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi, uning hududlari, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va jamiyat sohalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi statistik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida qisqacha tushuncha berishdir.
Ushbu to‘plamni taqdim qilar ekanmiz, umid qilamizki, maktab o‘quvchilari, balki ularning o‘qituvchilari va boshqa foydalanuvchilar ham o‘zlari uchun qiziqarli ma’lumotlarni topadilar.


