O‘zbekiston 2020- yilning 1- dekabr holatiga xorijdan 31,9 ming tonna banan import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 3,4 ming tonnaga kam. Joriy yilda O‘zbekistonga banan asosan Ekvador davlatidan (29,8 ming tonna) olib kirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 11 oy mobaynida O‘zbekiston bananni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Ekvador – 29,8 ming tonna;
Rossiya – 624,9 tona;
Qozog‘iston – 548,3 tonna;
Xitoy – 231,2 tonna;
Qirg‘iz Res. – 223,5 tonna;
Turkiya – 213,5 tonna.
Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning noyabr oyida 5,4 ming tonna banan import qilingan.
Axborot xizmati



