11/01/2021

Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.futbolichi11012020

Davlat statistika qo'mitasi ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida haftaning har shanba kuni sport majmualarida xodimlar o'rtasida turli sport tadbirlari o'tkazmoqda. Xususan, shu yilning 9-yanvar kuni reja asosida qo'mita markaziy apparati boshqarmalari o'rtasida mini-futbol bo'yicha sport musobaqasi o'tkazildi.

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir. Shuningdek, Covid–19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish hamda jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech