Aholi turmush darajasini baholash maqsadida Namangan viloyatining Uychi tumanida hamda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari tashkil etildi.
Kuzatuvlarda aholining iste'mol harajatlari tarkibi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste'moli, aholi daromadlari, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganlik darajasi kabi aholi turmush darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar shakllantirilmoqda.
Kuzatuv maxsus tuzilgan so‘rovnomalar yordamida tasodifiy tanlangan uy xo‘jaliklariga bevosita tashrif buyurilgan holda o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 12- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Ziyadullayev kuzatuv jarayonlari bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatining Uychi tumanida bo‘ldi.
M.Ziyadullayev kuzatuv ishtirokchilarining jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdi, ularning takliflarini o‘rgandi.
Axborot xizmati