Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami 40 950 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 751 taga ko‘p.
2020- yilda 6 022 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 7907 ta;
Toshkent viloyati – 3577 ta;
Qashqadaryo viloyati – 3289 ta;
Farg‘ona viloyati – 3236 ta;
Samarqand viloyati – 3079 ta;
Andijon viloyati – 3071 ta;
Buxoro viloyati – 2738 ta;
Surxondaryo viloyati – 2486 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 2325 ta;
Namangan viloyati – 2271 ta;
Jizzax viloyati – 2027 ta;
Xorazm viloyati – 1903 ta;
Navoiy viloyati – 1560 ta;
Sirdaryo viloyati – 1481 ta.
Axborot xizmati



