14/01/2021

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida hukumatimiz BMTning bolalar  jamg'armasi UNICEFning texnik ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

1mics

1mics

1mics

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shuningdek, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

1mics

Ta’kidlash lozimki, MICS kuzatuvlari ilk marotaba 1995- yilda o‘tkazilgan bo‘lib, 1995–2020- yilga qadar butun dunyo mamlakatlari o‘rtasida 118 ta davlatda
343 marotaba MICS kuzatuvlari amalga oshirilib, ona va bola salomatligi, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning ta'lim olish darajasi, bolalarning sog‘lom va jismoniy rivojlanishlari o‘rganilib, ular to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlar jamlangan.

Hozirda multiindikator klaster kuzatuvining 6-raundi boshlagan.

1mics

UNICEF bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish natijasida mamlakatda onalar va bolalar turmush tarziga oid statistik ma'lumotlarni yangilashga va ularni xalqaro ma'lumot bazalarida aks ettirishga erishiladi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, shakllangan ko‘rsatkichlar uy xo‘jaligi bo‘yicha Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ko‘rsatkichining 40 foizini qamrab oladi. Bu esa, o‘z navbatida, Jahon bankining “Statistika faoliyati samaradorligi reytingi”da O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatkichlari yuksalishiga xizmat qiladi.

1mics

Kuzatuv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tanlab olingan 726 ta mahallada joylashgan 14520 ta uy xo‘jaliklarida, joylarga chiqilib respondetlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron ko‘rinishda yig‘iladi.

1mics

1mics

Joriy yilning  11–16- yanvar kunlari multiindikator klaster kuzatuvini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi hamda UNIСEF hamkorligida bir qator tadbirlar, o‘quv seminarlari va tashkiliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

1mics

Jumladan, shu yilning 14- yanvar kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Bunyodkor mahallasida sinov tariqasida multiindikator klaster kuzatuvlarida “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Davlat statistika qo‘mitasi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori, xorijiy ekspertlar tomonidan olib borildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech