Joriy yilning 15- yanvar kuni Xorazm viloyati Xiva shahar hokimligida respublika ishchi guruhining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha olib borgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan yigilish o‘tkazildi.xorazm1

xorazm1

Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Dusnayev, Xorаzm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Asfandiyor Otamuratov, Xiva shahar hokimiyati rahbariyati hamda boshqalar mamavzu yuzasidan so‘z yuritdi.

Xususan, seminarda Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumotlar  berildi.

xorazm1

xorazm1

Ta’kidlash lozimki, Davlat statistika qo`mitasi vakillari hamda hududiy statistika idoralari masʼullaridan iborat ishchi guruh Xiva shahri aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalarini qayta o`rganib chiqmoqda.

O`rganishlar davomida mahalla va aholi punktlari chegaralarining aniqligi, ko`cha nom belgilarining o`rnatilgani, uy va xonadonlarning raqamlangani o`rganilmoqda.

xorazm1

xorazm1

Shuningdek, joylardagi mahalla fuqarolariga aholini ro`yxatga olishning mazmun-mohiyati, undan ko`zlangan maqsad hamda mamlakatimizning kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o`rni xususida tushunchalar berildi.

Bu kabi tadbirlar reja asosida boshqa hududlarda ham tashkil etiladi.

xorazm1xorazm1

Ma‘lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari Аndijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilandi.

Matbuot xizmati