Aholi turmush darajasini baholash maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi tashkil etilmoqda.

Kuzatuv maxsus tuzilgan so‘rovnomalar yordamida Sayxunobod tumanining barcha mahallalarida tasodifiy tanlangan 400 ta uy xo‘jaliklariga bevosita tashrif buyurgan holda o‘tkazilmoqda.
Kuzatuvda aholi turmush darajasini baholaydigan iste’mol xarajatlari tarkibi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli, aholi daromadlari, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar shakllantirilmoqda.
Joriy yilning 19- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Ziyadullayev kuzatuv jarayonlari bilan bevosita tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida bo‘ldi.
Ziyadullayev kuzatuv ishtirokchilarining jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdi, ularning takliflarini o‘rganib, tegishli tavsiyalar berdi.
Matbuot xizmati


