O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati tomonidan 2021- yil I yarim yillikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari uchun sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.
Belgilangan rejaga ko‘ra, shu yil 21- yanvar kuni qo‘mita raisininig birinchi o‘rinbosаri Xolmurodov Dilshod Ibragimovich Buxoro viloyatining Olot tumani aholisi bilan uchrashdi.
Dilshod Xolmurodov tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha savol-javob tariqasida fuqarolar bilan muloqot qildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida aholining demografiyasi, mehnatga layoqatli qatlami, bandligi, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatini yuritishga bo‘lgan qiziqishi, tomorqa yerlarining mavjudligi va ulardan qanday maqsadda foydalanayotgani kabi masalalar tahlil qilindi.
Uchrashuvlarda Buxoro viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma‘lumot berdi.
Matbuot xizmati