Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2020- yilda faoliyat yuritayotgan 1023 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 79,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 106,3 % ni tashkil etdi.
Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega hududlar:
Navoiy viloyati 56,9 %
Toshkent viloyati 36,0 %
Toshkent shahri 6,1 %
Ma'lumot o‘rnida, 2020- yilda 1,2 mlrd. AQSh dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu respublika umumiy eksport hajmining 8,2 % ini tashkil etdi.
Matbuot xizmati



