2021- yil 10- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan “Iqtisodiy statistika ko’rsatkichlarini diskret choraklar asosida hisoblash tajribasini joriy etish orqali choraklik milliy hisoblarni takomillashtirish” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.

MVFichi111022021

Tadbirda Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamentining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha eksperti Levan Gogoberishvili hamda Davlat statistika qo'mitasi markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.

MVFichi211022021

MVFichi311022021

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O’zbekistonda qisqa muddatli iqtisodiy statistikani diskret davrlar bo’yicha yig’ish, umumlashtirish va tahlil qilish amaliyotini joriy etish, shuningdek bu borada Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tajribasini oshirishdan iborat.

MVFichi411022021

Muzokaralar yakunida tomonlar tarmoqlar statistikasi va milliy hisoblar ko’rsatkichlarini diskret davrlar bo’yicha hisoblashni joriy etish bo’yicha o’zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.

Matbuot xizmati