Joriy yilning 9–11- fevral kunlari BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ishchi guruhi hamda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi va FAO o'rmon xo'jaligi masalalari bo'yicha qo'shma bo'limi hamkorligida o’rmon xo’jaligi mahsulotlari statistikasi bo’yicha onlayn seminar tashkil qilindi.

qishloq-xojaligiichi112022021

qishloq-xojaligiichi212022021

Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig’i X. Yakubov, bo'lim boshlig'i o’rinbosarlari N. Dehqonova, A. Kadirov va Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi A. G'afurovalar ishtirok etishdi.

qishloq-xojaligiichi312022021

qishloq-xojaligiichi412022021

qishloq-xojaligiichi512022021

Seminarda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan jami 30 dan ortiq statistika xizmatlari vakillari, o'rmon xo'jaligi idoralari mutaxassislari, Birlashgan Millatlar tashkiloti Statistika bo'limi (UNSD), Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) ekspertlari ishtirok etdi.

qishloq-xojaligiichi612022021

qishloq-xojaligiichi712022021

Sessiya o'rmon xo’jaligi mahsulotlari statistikasi sifatini yaxshilash, milliy ma'lumotlar yig'ish tizimlarining ish salohiyatini oshirish va tajriba almashish uchun mo'ljallangan.

Matbuot xizmati