Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 12-14- fevral kunlari Toshkent viloyatining Chimyon qishlog'ida “Chimyon-Eko-2021” va “Chimyon ekstrim-2021”qishki ekstremal sport turlari festivali bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad davlatimiz rahbarining "Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining "Sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlashdan iborat.
Mazkur festivalda sport targ'ibotchilari, shuningdek, Respublikamizning 150 ta vazirlik va tashkilotlari ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Festival davomida bir necha yo'nalishda turli musobaqalar o'tkazildi.
Xususan, 13- fevral shanba kuni basketbol, voleybol, badminton va mini-futbol kabi sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Unda tashkilotlarning sport targ'ibotchilari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi. Bundan tashqari, kun davomida maxsus o'quv seminari o'tkazildi. Unda tashkilotlarida sport musobaqalarini tashkil etish bo'yicha targ'ibotchilar uchun tushuntirishlar berildi. Muvaffaqiyatli ishtirok etgan havaskor sportchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Festivalning mini-futbol musobaqasi yakuni bo’yicha Davlat statistika qo'mitasi bosh mutaxassisi Inoyatov Sarvarbek jamoaviy faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib, sovrinli diplom bilan taqdirlandi.
Matbuot xizmati





