2021 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo'mitasining 2021 yil 9 fevraldagi 6-MB son qarori bilan tasdiqlandi.
Davlat statistika qo'mitasining 2021 yil 9 fevraldagi 6-MB-son qarori bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan (ro'yhat raqami 3286, 2021 yil 11 fevral) 2021 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo'mitasining rasmiy saytida quyidagi manzil bo'yicha joylashtirildi.
Ushbu davlat statistika hisobotlari hisobot topshiruvchi sub'ektlar uchun mo'ljallangan bo'lib, 2020 yil uchun yillik va 2021 yil davrlari uchun taqdim etiladi.
Shuni eslatib o'tmoqchimizki, barcha hisobot shakllari elektron ko'rinishda Internet tarmog'i orqali eStat 3.0. dasturidan foydalangan holda taqdim etilishi lozim.


