Joriy yilning 24- fevral kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika instituti (TurkStat) bilan hamkorlikda turizm statistikasi sohasida tajriba almashish borasida onlayn seminar tashkillashtirildi.SESICHI1240221

Ushbu vebinar Islomiy hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlari uchun statistik tajriba almashish bo'yicha SESRIC vebinarlari sirasiga kiradi.SESICHI2240221

Tadbirda, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Irgashev Botir Samarovich, Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig‘i Xasanov Xayrulla Odiljonovich hamda Uy xo`jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo`limi boshlig‘i Qarshiboyev Baxodir Qurbonboyevich ishtirok etdi.

SESICHI3240221

Vebinar davomida ishtirokchilarga Turizm statistikasi sohasiga oid O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining mamlakatlar bo'yicha taqsimoti, Mehmonxonalar, Turistik faoliyatni amalga oshirgan tashkilotlar soni bo‘yicha ma‘lumotlar berildi.

SESICHI4240221

SESICHI5240221

Tadbir yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Matbuot xizmati