Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.saytttichi1250221

Xususan, Qoraqаlpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm, Namangan va Toshkent viloyatlarida  aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tadbirlar tashkil etildi.saytttichi2250221

Uchrashuvlarda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o‘rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi «2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g`risida»gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.saytttichi3250221

Tadbirda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.saytttichi4250221

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

saytichi5250221

Tadbirlar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Matbuot xizmati