26/02/2021

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha tizim – mahallabay va fuqarobay asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.mahallabayichi1250221

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich  boshchiligida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 23-25- fevral kunlari Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati,  Yuqori Chirchiq tumani hokimligi vakillari mahallalarda uyma-uy yurib, aholining turmush darajasi, keksalar, nogironlar, boquvchisini yuqotganlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga ko‘maklashmoqda. Ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalar ham diqqat markazida bo‘lmoqda.mahallabayichi3250221

“Mahallabay” ishlash tizimida tumandagi “Obodon” va “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholining turmush farovonligi o‘rganilganida aksariyat fuqarolar o‘zlarining tadbirkorlik bizneslarini yo‘lga qo‘yish, yanada rivojlantirish maqsadida kredit mablag‘larini ajratilishi yuzasidan murojat qilishdi. Ularning murojaatlari hududga biriktirilgan bank mutasaddilariga yetkazilib, kredit ajratilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.mahallabayichi4250221

mahallabayichi55250221

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari davomida aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi kabi masalalar ham nazoratga olinib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar qilinmoqda.mahallabayichi6250221

Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Mahallabay” ishlash tizimidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech