26/02/2021

O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish tadbiri 2023- yilning 1–25- noyabr kunlari o`tkaziladi. Shuningdek, aholini ro`yxatga olish jarayoni va barcha me'yoriy hujjatlarni sinovdan o`tkazish maqsadida 2021- yilning 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilangan.perepisichi1260221

perepisichi2260221

perepisichi5260221

Shu munosabat bilan Andijon,  Xorazm, Toshkent viloyati hamda  Toshkent shahrida ishchi guruh tomonidan tuman va shahar markazlarida bannerlar joylashtirilmoqda.

perepisichi3260221

perepisichi4260221

perepisichi6260221

Aholini ro`yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko`lamli tadbir bo`lib, aholi to`g`risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

perepisichi7260221

perepisichi8260221

Aholini ro`yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo`lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma`lumotlarni yig`ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilishi va e`lon qilishning yagona jarayonini o`z ichiga olib, aholi to`g`risidagi ma`lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlariga yordam berish bo`yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma`lumotlarni olish imkonini beradi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech