Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.
Jumladan, Yangihayot tumanidagi “Yangi Umid” mahallasi 37-uy, 65-xonadonda istiqomat qiluvchi Dilfuza Ro'ziyevaga oilasi uchun oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Shuningdek, Olchazor mahallasi 86-uyda istiqomat qiluvchi Po'latoy Abduraimovaning holidan xabar olinib, oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Mazkur fuqorolarni qiynayotgan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar, yo‘laklarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini ham o‘rganmoqda.
Matbuot xizmati