2021- yil 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

YOSHLARICHI1010321

YOSHLARICHI2010321

Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

YOSHLARICHI3010321

YOSHLARICHI4010321

YOSHLARICHI5010321

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

YOSHLARICHI6010321

YOSHLARICHI7010321

Ochiq muloqot yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita Raisi tomonidan atroflicha javob berildi.

Matbuot xizmati