03/03/2021

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Ta'kidlanganidek, mazkur loyiha bilan milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga solinadi, rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilarning ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish faoliyatlarida xalqaro tamoyillarga tayanish bo‘yicha vazifalari belgilanadi. Shuningdek, loyihada rasmiy statistika ma'lumotlarining ma'muriy ma'lumotlardan farqi, rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilar toifalari va ularning professional mustaqilligi belgilanmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi esa asosiy ishlab chiqaruvchi va tizimni muvofiqlashtiruvchi organ sifatida belgilab qo‘yilmoqda.milliystatichi030321

Ayniqsa, statistik ma'lumotlarni yig‘ish va ma'muriy ma'lumotlarni olish tartiblari aniq belgilash orqali foydalanuvchilarning barcha toifalariga xalqaro tamoyillarga asoslangan holda, sifatli rasmiy statistikani yetkazib berilishi uchun qonuniy asos yaratilmoqda.

Loyihada rasmiy statistika, respondent, foydalanuvchi tushunchalari o‘zlari qatnashayotgan moddalarga aniq qilib singdirildi.

Hujjatda statistika organlari va boshqa rasmiy statistikani ishlab chiquvchilarning huquqlari va vazifalari batafsil tarzda aks etirildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech