2021- yil 3–4- mart kunlari O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasidan so‘ng tiklanishning qaysi bosqichida ekanligini hamda hukumat, biznes va jamiyat qanday tarzda birlashib, “yashil” tiklanish uchun yangi siyosat va rag‘batlantiruvchi omillarni hayotga tadbiq qilish muhokamasiga bag’ishlangan xalqaro onlayn-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda asosiy manfaatdor taraflar to‘planadi hamda BMT va BMTTD (BMTning COVID-19 pandemiyasiga ijtimoiy-iqtisodiy javob berishning texnik rahbarlari), Yevropa Ittifoqi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) va O‘zbekiston Hukumati nomidan Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va ularga moslashishni qo‘llab quvvatlash uchun tegishli siyosat va choralarni ishlab chiqdi va qabul qildi. E'tiborga eng loyiq jihati, 2019- yilning oktyabr oyida «2019 — 2030- yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi», qabul qilindi va unda energiya samardorligini oshirish, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining resurs tejamkorligini va hosildorligini oshirish hamda yerlarning tanazzulini cheklash hisobiga atmosfera havosiga chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha maqsad ko‘rsatkichlari belgilab berildi.
Mazkur forum O‘zbekistonning “yashil” tiklanishini targ‘ib qilishga hissa qo‘shadigan uchta asosiy maqsadni belgilab qo‘ygan:
“Yashil” tiklanishga va barcha manfaatdor taraflarni birlashtirishga urg‘u bergan holda kelgusi yanada yaxshi rivojlanish O‘zbekiston uchun nimani anglatishini o‘rganish.
Energiyaning qayta tiklanuvchan manbalari, energiya samaradorligi, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa shu kabi ko‘pgina masalalar, jumladan O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, bo‘yicha siyosat qanday tarzda tabiiy resurslarga va atrof-muhitga bosimni kamaytirish bilan bir vaqtda yaxshiroq va yanada barqaror jamiyat va iqtisodiyotni tiklash imkoniyatini berishi borasida muhokama olib borish uchun maydon taqdim etish.
O‘zbekiston Hukumatini COVID-19 kasalligi tarqalishi davrida va undan so‘ng “yashil” iqtisodiy tiklanish borasida qo‘llab-quvvatlash uchun “Kelgusida yanada yaxshiroq rivojlanish” bo‘yicha tavsiyalar va amaliy choralarni shakllantirish.
Mazkur tadbirda Davlat statistika qo’mitasidan rais o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Matbuot xizmati





