Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida bir guruh tashabbuskor va faol ayollar qatorida, Davlat statistika qo‘mitasining xodimi Muхiddinova Ra‘no Zayniddinovna O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 2- fevraldagi “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bilan ta'sis etilgan “Mo‘tabar ayol” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Muhiddinova uzoq yillar statistika tizimida xizmat qilib kelgan, bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, mehnat faoliyatida yoshlarga o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatish, mehnatsevar va fidoiy bo‘lishiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi Muhtaram Muhiddinovani yuksak mukofot bilan chin yurakdan muborakbod etadi va mustahkam sog'liq, mehnat faoliyatida yangi zafarlar va ulkan yutuqlar tilaydi.
Matbuot xizmati



