05/03/2021

Joriy yilning 4- mart kuni O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyati bo’limida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

aholi50321-1

aholi50321-2

Aholini ro`yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo`lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma`lumotlarni yig`ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilishi va e`lon qilishning yagona jarayonini o`z ichiga olib, aholi to`g`risidagi ma`lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlariga yordam berish bo`yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma`lumotlarni olish imkonini beradi.

aholi50321-3

aholi50321-4

Tadbirda, qaror yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

aholi50321-5

Tadbir yakunida jurnalistlar, muxbirlar hamda blogerlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i Sidikov Tolib Iskandarovich hamda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan atroflicha javob berildi. 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech