05/03/2021

Joriy yilning 4- mart kuni Davlat statistika qo’mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi o’rtasida onlayn tarzda yig’ilish bo’lib o’tdi.

1

Yig’ilish kun tartibiga binoan, 2023- yilda aholini ro’yxatga olish ishlariga tayyorgarlik bo’yicha 2020- yil yakunlari muhokama qilinib, sinov tariqasida o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik yuzasidan taqdimotlar tinglandi.

6

Ma’lumot uchun: Aholini ro`yxatga olish jarayoni va barcha me'yoriy hujjatlarni sinovdan o`tkazish maqsadida, 2021- yilning 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent shahrining Yashnobod tumani hamda Xorazm viloyatining Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilangan.

5

Tadbirda Davlat statistika qo’mitasidan Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig’i Qobil Berdiqulov boshchiligida boshqarma xodimlari, BMT Aholishunoslik jamg'armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi vakillari Yu Yu va Kamolxon Inomxo’djayev hamda boshqa ekspertlar ishtirok etishdi.

7

 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech