09/03/2021

Joriy yilning 5- mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

1per

2per

Seminarda, Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

3per

4per

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

5per

6per

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech