Joriy yilning 10- mart kuni videokonferensaloqa tarzida Davlat statistika qo‘mitasi hamda MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida “Diskret yondashuv asosida qisqa muddatli iqtisodiy statistikani shakllantirish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyodullayev Mahmudjon Jo‘raqulovich, MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kosarev Andrey Yevgenevich hamda ikki tomonning mas‘ul xodimlari ishtirok etishdi.
Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Ziyodullayev o‘z nutqida O'zbekistonda iqtisodiy o'zgarishlar jarayoni ro'y berayotganini barcha yo'nalishlarda islohotlar faol olib borilayotganini va bu jarayonlar statistik raqamlarda aks etishini ta'kidladi.
Vebinarda shuningdek, 2020-2025- yillarda O'zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirish milliy strategiyasini amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi”ga muvofiq, Davlat statistika qo'mitasiga xar oylik va choraklik iqtisodiy statistika ma'lumotlarini diskret asosda to'plash va nashr etishga o'tish vazifasi yuklatilganligi va 2021- yilning birinchi choragidan boshlab to'liq o'tishni rejalashtirilganligi qayd etildi.
Tadbir yakunida tomonlar o’zaro hamkorlikni davom ettirish hamda ikki tomonlama tajriba almashishga kelishib oldilar.
Matbuot xizmati


