Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 2021- yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha shtab tashkil etildi.peripisichi12032021

Shtabda Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.peripisichi112032021

Davlat statistika qo`mitasi hamda hududiy statistika idoralari masʼullaridan iborat mazkur ishchi guruhi vakillari Yuqori Chirchiq tumani aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalarini qayta o`rganib chiqmoqda.peripisichi212032021

O`rganishlar davomida mahalla va aholi punktlari chegaralarining aniqligi, ko`cha nom belgilarining o`rnatilgani, uy va xonadonlarning raqamlangani o`rganilmoqda.peripisichi312032021

Shuningdek, joylardagi mahalla fuqarolariga aholini ro`yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, undan ko`zlangan maqsad hamda mamlakatimizning kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o`rni xususida tushunchalar berildi.

Bu kabi tadbirlar reja asosida boshqa hududlarda ham tashkil etiladi.peripisichi412032021

Ma‘lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan 2021- yilning 1-25 noyabr kunlari Аndijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilandi.

Matbuot xizmati