2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning 11- mart kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan, ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etuvchi o’quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti o’qituvchisi Imomqul Bobomurodov "Statistika fanining predmeti, metodlari va asosiy vazifalari" mavzusida taqdimot qilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan seminarlar qo’mitaning boshqa hududlari tomonidan ham tizimli ravishda tashkil etilishi yo’lga qo’yilgan.
Matbuot xizmati




