Joriy yilning 13- mart kuni poytaxtimizning “Wyndham” mehmonxonasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Global Media Agentligi tashabbusi bilan “Biznes jurnalistika asoslari” bo‘yicha tashkil etilgan seminar-trening sessiyasida Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi ham qatnashdi.amerikaovoziichi15032021

Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida qo‘mita jamoasi hamda AQSh Global Media Agentligi “Amerika Ovozi” yetakchi multimedia jurnalisti Navbahor Imamova va mamlakatimizning yetakchi ommaviy axborot vositalarining 30 dan ortiq jurnalistlari o‘rtasida statistik ma'lumotlarning ochiqligi va shaffofligi mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.2

Dastlab, seminar ishtirokchilariga Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ziyadullaev Mahmudjon Jo‘raqulovich statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va qo‘mita faoliyati yuzasidan ma'ruza qildi.3

Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi doirasida milliy statistika sohasini ham rivojlantirish borasida tizimli islohotlar olib borilayotgani, xususan statistik ma'lumotlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash borasida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.amerikaovoziichi315032021

Ta'kidlanganidek, qo‘mitaning yangilangan rasmiy veb-saytining 20 ta bo‘limida 279 ta jadval ko‘rinishida ikki milliondan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar to‘plami e'lon qilinmoqda.

Qo‘mita tomonidan yil davomida turli sohalar bo‘yicha 150 dan ortiq oylik, choraklik va yillik press-relizlar shakllantirilib, qo‘mita rasmiy veb-saytida 3 ta tilda e'lon qilinmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotning tarmoq va sohalariga oid 20 ta yo‘nalishda statistik to‘plamlar chop etilmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasining kengaytirilgan Ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimida 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 422 turdagi O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistik ko‘rsatkichlar to‘plamlari e'lon qilib borilmoqda.amerikaovoziichi415032021

Bundan tashqari, xalqaro darajada umume'tirof etiladigan, ochiqlikning asosiy mezonlaridan biri – “Ochiq ma'lumotlar milliy Portali” faoliyatini takomilashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida, bugungi kunda Ochiq ma'lumotlar portalida e'lon qilinayotgan ma'lumotlar to‘plamlari soni 10 mingdan oshdi.

Shuningdek, M. Ziyadullaev o‘z ma'ruzasida qo‘mita oldida turgan bir qator yirik tadbirlar: “Aholini ro‘yxatga olish”, “Multiindikator klaster kuzatuvlari”, “Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish”, “Xalqaro taqqoslash dasturi” va boshqa tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.amerikaovoziichi515032021

 Shundan so‘ng, ochiq muloqot va qizg‘in munozara boshlandi. Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich jurnalistlarning statistik ko‘rsatkichlar va qo‘mita faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob qaytarib,  ma'lumotlarni e'lon qilish va tahlil qilishda sal e'tiborli bo‘lish kerakligini ta'kidladi. Jumladan, har oy mobaynida qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e'lon qilib borilayotgan statistik ko‘rsatkichlarni ayrim nashrlar “Ma'lumotlar ochiqlandi” deya sarlavhaga chiqarayotgani, qo‘mitaning rasmiy ma'lumotlarini tushunmay noto‘g‘ri talqin etilayotgani va bu borada izoh so‘rab qo‘mita mutaxassislariga murojaat qilinmasdan jamoatchilik o‘rtasida shov-shuv qilinayotgani professional jurnalistik pozitsiyaga to‘g‘ri kelmasligi e'tirof etildi. amerikaovoziichi615032021

Qo‘mita raisi ta'kidlaganidek, statistik ma'lumotlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining ham roli beqiyos. Shu bois iqtisodiyot tarmoqlarini yoritishda va jamoatchilik uchun tushunarli tarzda tahlil qilishda jurnalistika sohasida ham ixtisoslashuv muhim ahamiyatga ega. Masalan, qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan, ya'ni chuqur o‘rgangan mutaxassis sohani yaxshi tahlil qila oladi.amerikaovoziichi715032021

9

Qo‘mita rahbari ochiq muloqot yakunida bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan uchrashuvlar, matbuot anjumanlari va davra suhbatlariga qo‘mita jamoasi doimiy tayyorligini va bu tizimda olib borilayotgan ochiqlik, shaffoflikning ta'minlanishiga munosib xizmat qilishini ta'kidlab o‘tdi.     

 

Matbuot xizmati