2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning 15- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan, ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etuvchi o’quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Guliston davlat universiteti katta o'qituvchisi Sherali Maxmudov "O'rtacha miqdorlar va ularning turlarini statistik hisoblash uslubi" mavzusida ma'ruza qildi.
Seminar so‘nggida xodimlar tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganib chiqilib, ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Matbuot xizmati





