2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning 17- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi, Urganch davlat universiteti hamkorligida kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan, ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etuvchi navbatdagi o‘quv seminar o'tkazildi.
Seminarda Urganch davlat universiteti katta o'qituvchisi dotsent J.A. Atayev “O‘rtacha miqdorlar va ularning turlarini statistik hisoblash usullari” mavzusida ma’ruza qilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan seminarlar qo’mitaning boshqa hududlari tomonidan ham tizimli ravishda tashkil etilishi yo’lga qo’yilgan.
Matbuot xizmati








