2020- yil yakunlariga ko‘ra, savdo (avtotransport vositalarini ta‘mirlashni qo‘shgan holda) tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.

2020- yilda savdo (avtotransport vositalarini ta’mirlashni qo‘shgan holda) tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 69,2 % (2019- yilda – 68,2 %, 2018- yilda – 67,3 %)ga yetdi.

snsuz190321

Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 24,8 % (2019- yilda – 25,3 %, 2018- yilda – 26,2 %)ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 6,0 % (2019- yilda – 6,5 %, 2018- yilda – 6,5 %)ni tashkil qildi.

Matbuot xizmati