Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda o‘rganishlar ishlari olib borilishi bilan birgalikda ishchi guruh vakillari tashabbusi bilan joylarda hasharlar ham tashkil etilmoqda.
Jumladan, Yangihayot tumanidagi “Navqiron”, “Yo’ldosh”, “Yangiumid”, “Viqor”, “Do’stlik” hamda “Choshtepa” mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.
Shuningdek, mazkur mahallalar hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Bo‘sh joylarga 600 dan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
“Mahallabay” ishlash tizimida uyma-uy yurib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, ularning bandligi va salomatligini ta'minlash masalalari nazoratga olinmoqda.
Ishchi guruh tomonidan Yangihayot tumanidagi “Tashabbus”, “Yo’ldosh”, “Yangiumid”, va “Do’stlik” mahallalaridagi keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar va kam ta'minlanganlar holidan xabar olinib, ularga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari hamda “Yo‘ldosh” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroga nogironlik aravachasi berildi.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati




