Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

perepisichi1260321

Xususan, joriy yilning 24- mart Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Yangi Qurilish” mahallasida  aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tadbir tashkil etildi.

perepisichi2260321

Uchrashuvda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o‘rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi «2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g`risida»gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

perepisichi3260321

Tadbirda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

perepisichi4260321

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

perepisichi5260321

Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Matbuot xizmati