Joriy yilning 25- mart kuni 2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov boshchiligida o’tkazilgan mazkur seminarda, bo‘lim boshliqlari hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kartografik materiallarning sxematik reja va xaritalarning texnik shartlarga mos ravishda tayyorlanganligini o‘rganish holati, aholi soni ko‘rsatilgan holda aholi punktlarida mavjud xonadonlar ro‘yxati bo‘yicha shakllantirilgan jadvallarning yangilanish holati, xonadon va uylarga raqamlarni o‘rnatilganligi holatlаri va aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyatini aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar muhokama etildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozimligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Matbuot xizmati






